Kòp kvartirali uylar atrofi kòkalamzorlashtirilmoqda!
Olmazor tumani hokimligi Olmazor tumani hokimligi
1.67K subscribers
20 views
0

 Published On Apr 8, 2024

Xabaringiz bor, Qurilish va uy-joy kommunal xòjaligi vazirligi tomonidan ilgari surilayotgan “Bir bolaga bir daraxt” ezgu tashabbusi doirasida respublikaning barcha hududlarida kóp kvartirali uylar atrofiga mevali hamda manzarali daraxt kóchatlari ótqazilmoqda.

Mazkur ishlarda boshqaruv servis kompaniyalari ham faollik kòrsatmoqda.

Bugun ayni maqsaddagi tadbir poytaxtimizning Olmazor tumanida ham boshlandi. 11 ta boshqaruv servis kompaniyasi ishtirok etgan ommaviy kóchat ekish ishlarini Qurilish va uy-joy kommunal xòjaligi vaziri òrinbosari Ozoda Jòrayeva ochib berdi.

🔛 Olmazor tumani òz nomi bilan azaldan mevali daraxtlarga tòla, obod makon. Biz hududning ana shu yashilligi va gózalligini saqlab qolishimiz kerak. “Bir bolaga bir daraxt” tashabbusi esa bu borada barchani birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, - dedi Ozoda Jórayeva.

Ta’kidlash lozimki, bugungi tadbir doirasida 2 500 ga yaqin mevali va manzarali daraxt kóchatlarini ekish rejalashtirilgan.

show more

Share/Embed